Braziliya terma jamoasi Liverpul shahriga yetib keldi + FOTO

Tolibjon Qosimov
2 iyun 2018, 18:55
Ayni paytda Jahon chempionatida ishtirok etuvchi jamoalar o'rtoqlik o'yinlariga e'tibor qaratishgan.

Ertaga, 3 iyun kuni Braziliya hamda Xorvatiya terma jamoalari o'zaro o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishadi. O'yin Liverpul shahridagi "Enfild" stadionida bo'lib o'tadi.

Bugun Tite boshchiligidagi braziliyaliklar Liverpulga yetib kelishdi. Biroz avval terma jamoaning tvittyerdagi rasmiy sahifasi suratlarni joyladi.

Braziliyaning asosiy posboni bo'lib kelayotgan Alisson Beker.


Braziliya terma jamoasi futbolchilari poezdda qarta o'ynab kelishdi. Mana hatto pentakampionlar ham bu ishni qilishar ekanku :)


Hamisha kulib yuruvchi Marselo.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/CBF_Futebol