

"Qaytmay qo'yaqol, buyumlaringni jo'natib yuboramiz" - deb yozdi muxlislardan biri. "Vijdonsiz Teves Argentinaga uchib ketdi. Qaytmasin" - deb qo'shimcha qildi boshqasi. "Xitoy tarixidagi eng qimmat transfer eng yomon futbolchiga aylandi" - deya fikr bildirdi yana bir ishqiboz.
Jahonning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisi hisoblanadigan 33 yoshli Teves avgust oxirida klub safiga qaytadi. Tevesning o'zi faoliyatini qaysi jamoada davom ettirishini bilmaydi.



