Xitoylik muxlislar - Tevesga: "Argentinada qol, buyumlaringni jo'natib yuboramiz"

Aslanov Jasurbek
18 avg 2017, 21:47
Xitoylik muxlislar "Shanxay Shenxua" hujumchisi Karlos Tevesni Xitoyga qaytmaslikka va jarohatini davolayotgan mamlakat Argentinada qolishga chaqirishdi.

"Qaytmay qo'yaqol, buyumlaringni jo'natib yuboramiz" - deb yozdi muxlislardan biri. "Vijdonsiz Teves Argentinaga uchib ketdi. Qaytmasin" - deb qo'shimcha qildi boshqasi. "Xitoy tarixidagi eng qimmat transfer eng yomon futbolchiga aylandi" - deya fikr bildirdi yana bir ishqiboz.

Jahonning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisi hisoblanadigan 33 yoshli Teves avgust oxirida klub safiga qaytadi. Tevesning o'zi faoliyatini qaysi jamoada davom ettirishini bilmaydi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport.es