Viktor Gyokeresh "Oltin to'p"ga loyiq ko'rildi

Omonjon To`xtamirzayev
17 dek 2024
"Sporting" hujumchisi Viktor Gyokeresh Shvetsiya futbol ittifoqi tomonidan 2024 yilning eng yaxshi futbolchisi sifatida "Oltin to'p"ga loyiq ko'rildi.

Ayni damda futbolchi Lissabon klubi va terma jamoa safida joriy yil 61 ta gol urishga ulgurdi. Noyabr oyida u Millatlar Ligasi guruh bosqichi to'purariga aylangandi. Bundan tashqari, Viktor Portugaliya chempionatida ham 14 o'yinda 18 ta goli bilan goleadorlar poygasida yetakchilik qilmoqda.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: svenskfotboll.se