Vetnam FF Koreyaga qarshi o'yin uchun barcha xarajatlarni o'zi qoplashi haqidagi xabarlarni rad etdi

Sherzod Nurmatov
12 okt 2023, 10:30
Jamoa Koreyadan avval O'zbekistonga qarshi maydonga tushadi.

Vetnam Futbol Federatsiyasi Koreyaga safar daovmida barcha xarajatlarni o'zi qoplashi to'g'risidagi xabarlarni rad etdi.

Koreys nashrlarida Vetnam terma jamoasining mamlakatga tashrif davomida yo'l, mehmonxona va ovqatlanish xarajatlarini ushbu mamlakatning o'zi qoplashi to'g'risidagi xabarlar tarqaldi. Vetnam Futbol Federatsiyasi esa buni rad etdi.

Xitoyda O'zbekistonga qarshi o'yindan so'ng Vetnam Koreya Respublikasiga yo'l oladi va 17 oktyabr kuni ushbu mamlakat terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Federatsiya xabariga ko'ra, vetnamliklar faqat yo'l xarajatlarini o'zi qoplaydi, qolgan qismini Koreya Futbol Assotsiatsiyasi to'lab beradi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia