Vernerga "Nyukasl" qiziqmoqda

Alisher
26 iyul 2022, 18:01
Hujumchi Timo Verner ushbu yozda "Chelsi"dan ketishi mumkin.

Jurnalist Kristian Falkning xabariga ko'ra, 26 yoshli hujumchiga "Nyukasl" qiziqish bildirmoqda.

Oldinroq, Vernerning "RB Leyptsig"ga qaytishni xohlashi, ammo nemis klubi uning transferi uchun kimnidir sotishi kerakligi aytilgan edi.

Verner "Chelsi"ga 2020 yilning yozida o'tdi. U klub safida 89ta o'yinda maydonga tushib, 23ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/cfbayern