Verner bir oyog'i bilan "Chelsi"da, uning London klubidagi maoshi ham ma'lum

Alisher
5 iyun 2020, 12:25
"Leyptsig" hujumchisi Timo Verner Londonning "Chelsi" klubiga o'tishga yaqin.

"Aristokratlar" futbolchi bilan shaxsiy shartnoma bandlari bo'yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda italiyalik jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.

Verner "Chelsi" bilan 2025 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma tuzadi. U Londonda bonuslardan tashqari bir mavsum uchun 10 million evro maosh oladi.

Timo joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 29ta o'yinda maydonga tushib, 25ta gol va 7ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira