Venger Aleksisning MYUga o'tishi haqida: "Arsenal"ni tark etadiganlarni tushunmayman"

Aslanov Jasurbek
22 yanv 2018, 12:08
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger jamoa hujumchisi Aleksis Sanchesning "Manchester Yunayted"ga o'tishi haqida izoh berdi.

Chililikning mankunianlar safidagi haftalik maoshi 350 ming evro bo'lishi e'lon qilingan edi.

"Arsenal"ni tark etadiganlarni tushunmayman. Ammo 30 yillik transfer faoliyating davomida odamlar haqida ko'p narsa bilib olasan. Uni qo'yib yuborishga qaror qildik. Bu uning yuqori saviyadagi so'nggi shartnomasi bo'lishi mumkin. Sanchesni olib qolish uchun bor kuchimizni ishga soldik. Xatto "Manchester Siti" ham kurashdan chiqdi.

To'g'ri qarorni topish uchun ko'p harakat qildik. Natijada dunyo darajasidagi futbolchidan ayrildik, biroq bizda uning o'rnini egallaydigan futbolchi bo'ladi. Qarorimiz to'g'riligini kelajak ko'rsatadi" - deydi Venger.

Norasmiy ma'lumotlarga ko'ra, MYU Sanchesni olish uchun "Arsenal"ga Genrix Mxitaryanni beradi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal