Arsen Venger: "Men Kerrikni tabriklashim kerak"

Sherzod Nurmatov
27 yanv 2026
Maykl Kerrik "Manchester Yunayted"ga qaytganidan so'ng jamoa muxlislarining ishonchini qayta tiklashga muvaffaq bo'ldi.

U ketma-ket ikki uchrashuvda nomdor raqiblar – "Manchester Siti" va "Arsenal"ni mag'lub etdi. 

Fransiyalik mutaxassisning takidlashicha, odatiy holatlarda "Arsenal" 2:2 hisobida tenglashtirganidan keyin g'alaba qozonishi kerak edi, ammo Kerrikning olib borgan ishi natijasida uch ochko "Manchester Yunayted"ga nasib qildi.

"Menimcha, "Manchester Yunayted"da "Manchester Siti" ustidan qozonilgan g'alaba bilan "Arsenal"ga qarshi qo'lga kiritilgan g'alaba orasida nimadir sodir bo'ldi. Ularning o'yini juda ishonchli edi. "Arsenal" hisobni 2:2 ga etkazganida, odatda bunday uchrashuvlarda mezbonlar g'alaba qozonadi.

Biroq "Manchester Yunayted" yana zaxira kuchlarini topib, uchinchi golni urdi va katta o'yinda safarda 3:2 hisobida g'alaba qozondi. Men Kerrikni tabriklashim kerak. U alohida ahamiyatga ega narsani yaratdi. Jamoa Kerrik bilan himoyaviy barqarorlik va yuqori texnik saviya o'rtasida yaxshi muvozanat topdi.

Birinchi marta "Arsenal"ning markaziy himoyachilari odatdagidan ko'ra biroz asabiyroq edi. Shuningdek, ular bir qancha vaziyatlarda ustunlik qilolmadi", – dedi Venger.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Yahoo Sports