Uilshir jarohat tufayli 3 hafta maydonga tusha olmasligi mumkin

Aslanov Jasurbek
4 avg 2015, 15:18
"Arsenal" yarim himoyachisi Jek Uilshir jarohat tufayli uch haftani maydon tashqarisida o'tkazishi mumkin.

Futbolchi "Chelsi"ga qarshi Angliya Superkubogi uchun uchrashuvdan bir kun oldin mashg'ulotda jarohat oldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, 23 yoshli futbolchi Angliya terma jamoasining San-Marino va Shveytsariyaga qarshi Evro-2016 saralash o'yinlarida ham ishtirok eta olmasligi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com