Tuxel "Man Siti"ga qarshi o'yin haqida: "Bizga mo'jiza kerak bo'ladi"

Administrator
19 apr 2023, 22:10
"Bavariya" klubi bosh murabbiyi Tomas Tuxel YCHL 1/4 finalidan o'rin olgan "Manchester Siti"ga qarshi javob uchrashuvidan oldin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bizga mo'jiza kerak bo'ladi. 4:0, 5:1 hisoblari haqida gapirish o'rinlimi, yo'qmi bilmadim. Realist bo'lish kerak. 

Biz o'zimizga ishonimiz kerak. Ishonch barchasi o'z qo'limizda ekanligini bildiradi. Unumlilik, energiya va jamoaviy ruh evaziga g'alaba qozonishimiz mumkin. 

Biz yolg'iz emasmiz, yonimizda muxlislarimiz bor", -deydi Tomas Tuxel "Man Siti"ga qarshi javob uchrashuvi oldidan.

Ma'lumot uchun, "Bavariya" va "Manchester Siti" o'rtasidagi uchrashuv bugun soat 23:59 da start oladi. Birinchi uchrashuvda inglizlar 3:0 hisobida g'alaba qozonishgandi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: UEFA.com