

Ma'lum bo'lishicha, futbolchiga Londonning "Tottenxem" jamoasi asosiy da'vogar bo'lib turibdi. Uelslik futbolchi bungacha APLda o'ynagan. Shu sababli ham "shporlar" uning jamoaga kirishib ketishiga ishonishmoqda.
Remzi bu mavsum barcha musobaqada 26 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 5 ta golli uzatma muallifiga aylandi.




