

"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Erik ten Xag Meyson Grinvud haqidagi savollarga javob berdi. Eslatib o'tamiz, kuni kecha Grinvuddan zo'rlash va o'zganing joniga qasd qilish bo'yicha ayblovlar olib tashlangandi.
"Hech narsa deya olmayman. Men ham klubning rasmiy bayonotiga qarab ish qilaman. Hozir esa bu vaziyat haqida izoh bermayman.
Grinvud bilan bog'liq holat bo'yicha boshqa hech narsa deya olmayman. Klub rasmiy bayonotda nima degan bo'lsa, men ham shunga tayanaman", -deydi Erik ten Xag.



