Tebas klasiko haqida: "Klub miqyosidagi futbolning eng muhim o'yini, La Liga uchun esa navbatdagi bahs"

Alisher
24 okt 2020, 10:37
La Liga prezidenti Xaver Tebas "Barselona" va "Real" qarama-qarshiligi haqida gapirdi.

"Klasiko hali ham klasiko. La Liga uchun bu navbatdagi uchrashuv, ammo intriga va xalqaro qiziqish nuqtayi nazaridan bu dunyodagi eng zo'r ikki klubning uchrashuvi.

Bu hali ham klub miqyosidagi futbolning eng muhim o'yini", - deydi Tebas.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" va "Real" bugun "Kamp Nou"da to'qnash kelishadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sports.yahoo.com