Superliga. "Nasaf" - "Qizilqum" o'yiniga oid ma'lumotlar

Xayrulla Xoliqov
10 may 2019, 17:20
Bugun bo'lib o'tadigan ikkita uchrashuv bilan Superliganing 8-turiga start beriladi.

"Nasaf" o'z maydonida Navoiyning "Qizilqum" klubini qabul qiladi. Uchrashuv 20:00da boshlanadi. Quyida ushbu o'yinga doir bazi ma'lumotlarni keltirib o'tamiz. 

"Nasaf"

- "Nasaf" turnir jadvalida 10 ochko bilan 5-o'rinni egallab turibdi. Jamoa uchtadan o'yinda g'alaba qozongan va mag'lubiyatga uchragan. Bir marta durang qayd etgan. To'plar nisbati 11-8. 

- "Nasaf" oxirgi ikki turni g'alaba bilan tugatdi. Jamoa Andijonda imkoniyatni boy berganidan so'ng o'z maydonida AGMK, safarda "Buxoro"ni mag'lub etdi. 

- "Nasaf" oxirgi ikki uchrashuvda o'z darvozasidan gol o'tkazmadi. To'plar nisbati 5-0. 

Bugun "Nasaf" o'z maydonida to'rtinchi o'yinini o'tkazadi. Avvalgi uchta bahsning ikkitasida jamoa g'alabaga erishib, bir bor mag'lub bo'lgan. 

"Nasaf" Qarshida hali durang qayd etgani yo'q. 

"Qizilqum"

- "Qizilqum" 8 ochko to'plab musobaqa jadvalida 9-o'rinda boryapti. Bu jamoa ikkitadan g'alaba va durang qayd etib, uch bor mag'lubiyatga uchragan. Umumiy to'plar nisbati 8-11.

- "Qizilqum" qatorasiga uchta mag'lubiyatdan so'ng o'tgan turni g'alaba bilan yakunladi. Hamidjon Aktamov shogirdlari uyda "Bunyodkor" ustidan 1:0 hisobida zafar quchishdi.

"Qizilqum" ushbu mavsum boshidan beri safarda hali g'alaba nashidasini surgani yo'q. Navoiyliklar ikki bor mag'lubiyatga uchrab, bir marta durang qayd etishdi. 

"Qizilqum" safar o'yinlarida o'z darvozasidan 8ta gol o'tkazdi va bu borada "Qo'qon-1912" (-13 gol) va AGMK (-9 gol)dan keyin uchinchi o'rinda boryapti. 

Oxirgi 5 o'yin 

2018 yil. Ikkinchi bosqich. "Nasaf" - "Qizilqum" 4:2

2018 yil. Birinchi bosqich. "Nasaf" - "Qizilqum" 0:0

2017 yil. "Nasaf" - "Qizilqum" 2:0 

2016 yil. "Nasaf" - "Qizilqum" 2:0 

2015 yil. "Nasaf" - "Qizilqum" 3:1 

Qarshida kechgan oxirgi 5ta o'yinning to'rttasida omad "Nasaf" tomonida bo'lgan. Faqat bir marta 0:0 qayd etilgan. Qizig'i shundaki, "Nasaf" oxirgi to'rtta g'alabasini ikkita to'p farqi bilan qo'lga kiritgan. "Qizilqum" oxirgi besh o'yinda raqib darvozasiga faqat 3ta gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia