

Insayder Fabrisio Romanoning ma'lum qilishicha, klub direktorlar kengashining asosiy qismi norvegiyalik murabbiyni qo'llab-quvvatlamoqda. Ushbu qarorni faqat Joel Gleyzer o'zgartirishi mumkin. Ammo u ham hozircha bu borada o'z fikrini ma'lum qilgani yo'q.
"Manchester Yunayted" hozirda bosh murabbiylar bilan aloqaga chiqqani yo'q. Klub xech kim bilan muzokaralar o'tkazmayapti.
Eslatib o'tamiz, "Manchester Yunayted" oxirgi 12 o'yindan 6 tasida mag'lubiyatga uchradi. Ayni paytda jamoa APLda 6-o'rinni egallab turibdi.



