Sulsherni MYUning xo'jayinlari qo'llab-quvvatlamoqda. Boshqa murabbiylar bilan muzokaralar yo'q

Aziz Tukhtamuradov
10 noya 2021, 09:57
"Manchester Yunayted" rahbariyati hozirda Ole-Gunnar Sulsherni iste'foga chiqarmoqchi emas.

Insayder Fabrisio Romanoning ma'lum qilishicha, klub direktorlar kengashining asosiy qismi norvegiyalik murabbiyni qo'llab-quvvatlamoqda. Ushbu qarorni faqat Joel Gleyzer o'zgartirishi mumkin. Ammo u ham hozircha bu borada o'z fikrini ma'lum qilgani yo'q. 

"Manchester Yunayted" hozirda bosh murabbiylar bilan aloqaga chiqqani yo'q. Klub xech kim bilan muzokaralar o'tkazmayapti. 

Eslatib o'tamiz, "Manchester Yunayted" oxirgi 12 o'yindan 6 tasida mag'lubiyatga uchradi. Ayni paytda jamoa APLda 6-o'rinni egallab turibdi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano