Stiven Jerrardning Angliya terma jamoasidagi 14 yillik faoliyatiga nazar

Aziz Tukhtamuradov
22 iyul 2014, 16:11
Uning Angliya terma jamoasidagi eng muhim o'yinlariga e'tibor qaratib o'tamiz.

U 2000 yilning may oyida Ukrainaga qarshi o'yinda debyut qilgan


Kevin Kigan Stivni Evro-2000ning ro'yhatiga kiritadi. Lekin, o'shanda inglizlar guruhdan chiqa olmasdan qolib ketishadi. Jerrard o'shanda faqatgina Germaniyaga qarshi o'yinning ohirlarida maydonga tushadi. U klubdagi jamoadoshi Ditmar Xamann bilan forma almashgan paytida tushgan surati


Terma jamoa uchun ilk golini 2001 yil Myunxenda Germaniya terma jamoasi darvozasiga kiritgan (Germaniya 1:5 Angliya)


Jerrard yirik musobaqalardagi ilk golini Portugaliyadagi Yevropa chempionatida Shveytsariya darvozasiga urgan


Evro-2004da bo'lganidek, JCH-2006da ham inglizlar Portugaliya terma jamoasiga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy beradilar. Stiv o'sha o'yinda penaltidan unumli foydalana olmagan edi


2007 yili Rossiya terma jamoasiga qarshi o'yinda Jerrard Jon Terrining jarohati sababli ilk bora terma jamoasini sardor sifatida maydonga olib tushgan


2009 yili Xorvatiya ustidan qozonilgan g'alabada qahramonimiz dublini nishonlagan 


JARdagi Mundialda Ferdinand jarohat olgani sababli u terma jamoada sardor vazifasini bajaradi. U AQSHga qarshi ilk o'yinda raqiblar darvozasini ishg'ol qilmoqda


Evro-2012da inglizlar Italiya terma jamoasiga penaltilar seriyasida mag'lub bo'lishgan. Jerrard o'shanda o'z zarbasini golga aylantira olgandi. Lekin, sheriklarining xatolari evaziga o'yinda italyanlar g'alaba qozonganlar


Urugvayliklardan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng Suares Jerrardni ovutmoqda. So'nggi JCHda Stiv boshchiligidagi Angliya terma jamoasi guruhdan ham chiqa olmadi



sports.ru sayti asosida Aziz To'xtamurodov tayyorladi


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia