Son Xyon Min APL yakunlariga ko'ra 4ta individual mukofotlarni qo'lga kiritdi

Alisher
20 iyul 2020, 16:12
"Tottenxem" hujumchisi Son Xyon Min APLning 2019/20 yilgi mavsum yakunlariga ko'ra to'rtta individual mukofotlar egasiga aylandi.

Eng avvalo 28 yoshli futbolchi jamoasining eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi.

Bundan tashqari, Sonning dekabrda "Byornli" (5:0)ga urgan goli eng yaxshisi deya etirof etildi. Shuningdek u yoshlar jamoasining va "shporlar" fan-klubi rasmiy talqiniga ko'ra eng yaxshi o'yinchi deb topildi.

Mukofotlar APL 37-turi doirasidagi "Lester" (3:0)ga qarshi o'yindan so'ng Songga topshirildi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/SpursOfficial