“So'g'diyona ” “Qizilqum”ga qarshi tayyorgarlikni boshladi

Narzulla Saydullayev
10 apr 2017, 14:05
Oliy liganing 5-turida “So'g'diyona ” o'z maydonida “Obod”ni qabul qildi va 1:0 hisobida g'alaba qozondi.

"So'g'diyona" o'yindan so'ng qisqa muddatli tatilga chiqdi va bugun “So'g'diyona ” qarorgohida yig'ildi. Jamoa oliy liganing 6-tur doirasida bo'lib o'tadigan “Qizilqum”ga qarshi bahsga tayyorgarlikni boshlab yubordi. O'yin 15 aprel kuni soat 18:00 da Navoyning “Yoshlar sport majmuasi” stadionida bo'lib o'tadi. O'rinbosarlar bahsi esa  14 aprel kuni soat 16:00 da start oladi.


“So'g'diyona” matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia