“So'g'diyona” “Neftchi” ga qarshi tayyorgarlik boshlandi

Narzulla Saydullayev
18 apr 2017, 20:57
Ma'lumki, oliy liganing 7-turida "So'g'diyona" o'z maydonida “Neftchi”ni qabul qiladi.

Jamoa a'zolari “Qizilqum” bilan bahsdan so'ng bugun “So'g'diyona” qarorgohida yig'ildi va navbatdagi raqib “Neftchi”ga qarshi tayyorgarlikni boshlab yubordi. Davron Fayziev boshchiligidagi jamoa ikki mahal mashg'ulot olib borib, unda asosan futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilashga qaratilgan.

Yoshlar ligasi o'yini 21 aprel kuni soat 16:00da “So'g'diyona” qarorgohida,asosiy tarkib o'yini esa 22 aprel kuni soat 18:00da bo'lib o'tadi. Farg'onaliklar bilan bo'ladigan bahsni FIFA  referisi Sherzod Qosimov boshqarib boradi.

“So'g'diyona” matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia