

"Bu Kazemiro. Bu borada menda hech qanday shubxa yo'q. Shunchaki nima sababdan uni boshida maydonga tushirishmaganini tushunmayapman. Balki uning jamoaga moslashib olishini kutishgandir. U asosiy tarkibda maydonga tushayotganidan buyon oldingi o'yinlardagi farq sezilarli ekanligi ko'rindi.
Menimcha, "Yunayted" hujumkor futbolchilar olaverib, vaqtni yo'qotdi. Jamoa hujumida o'ynayotgan futbolchilarga to'p yetib bormayotgandi ham. U kelganidan keyin oldinda o'ynayotgan futbolchilarning mahorati ham ko'rina boshlandi.
O'z navbatida u Brunu Fernandesh va Kristian Eriksenning erkinroq o'ynashiga ham sabab bo'lmoqda. Endi himoya va yarim himoyani bog'laydigan futbolchi kuchli bo'ldi, shu sababli hozir barchasi jamoaning birinchi davradagi o'yinidan keskin farq qilmoqda", - dedi Skoulz.



