

Biz ajoyib o'yin o'tkazdik. Biz 2:0 hisobida oldinda borayotgandik va nima uchun Mxitaryanning goli inobatga olinmaganini hali ham tushunmayapman, bundan afsusdaman. Lekin biz bugun dunyoning eng yaxshi jamoasiga qarshi ajoyib harakat qildik
Afsuski, bu kabi vaziyatlar (Mxitaryanning hisobga olinmagan goli) hal qiluvchi ta’sir ko'rsatishi mumkin. Lekin bu mening yigitlarga va ularning o'yiniga bo'lgan munosabatimni o'zgartirmadi, ular bugun super harakat qilishdi.
Yamalga o'xshagan futbolchini yaqin 8-9 yil ichida ko'rmadim. U biz uchun katta muammolarni yaratdi.


