Simone Inzagi: "Pep Gvardiola - eng zo'ri"

Mirjalol Normatov
28 iyun 2025, 12:50
"Al Hilol" bosh murabbiyi Simone Inzagi "Manchester Siti"dagi hamkasbi Pep Gvardiolani dunyoning eng yaxshi murabbiyi deb atadi.

"Manchester Siti" va "Al Hilol" klublar o'rtasidagi jahon chempionatining 1/8 finalida o'zaro kuch sinashadi.

"Pep Gvardiolani hurmat qilaman. "Manchester Siti"ga qarshi o'ynash va uni yana ko'rish yoqimli bo'ladi. Menimcha u barchadan ko'ra yaxshi murabbiy. Uning faoliyati ko'p narsalarni so'zlaydi. Hali hamon u raqobatbardosh bo'lishni istamoqda. Uning "Manchester Siti"si bu turnirni fantastik o'tkazmoqda.

Ularga qarshi o'ynash men uchun katta sharaf. Bunday bahslar bizning o'sishimizga yordam beradi", - dedi Inzagi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca