Rasman: Simone Inzagi “Al Hilol“ bosh murabbiyi

Khoja
5 iyun 2025, 07:33
Italiyalik mutaxassis Saudiya jamoasi bilan 2+1 ko'rinishidagi shartnomaga imzo chekdi.

Shartnomaga ko'ra, murabbiyning yillik maoshi 25 million evroni tashkil qiladi. Shuningdek, Simone Inzagi “Al Hilol“ bilan shartnoma imzolagani uchun 5 million evro bonusga ega bo'ladi.

Simonening “Al Hilol“ murabbiyligidagi ilk rasmiy o'yini klublar o'rtasidagi jahon chempionatida “Real“ga qarshi bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com