

Saudiyaning “Ar Riyoziya” nashri xabar berishicha, italiyalik mutaxassis aksariyat mahalliy va xorijlik futbolchilar milliy terma jamoalari ixtiyoriga ketgani sababli mashg'ulotlar davomidagi ikki tomonlama o'yinlar bilan cheklanishni maqul ko'rgan.
Murabbiylar shtabi futbolchilarga bergan 10 kunlik tatil 13 noyabrda yakunlanadi. Jamoa 14 noyabrdan Riyozdagi “Al Majdiya” sport markazida mashg'ulotlarni qayta boshlaydi.
“Al Hilol” xalqaro tanaffusdan keyingi ilk rasmiy uchrashuvini 23 noyabr kuni Elit Osiyo Chempionlar Ligasi doirasida Farg'onaning “Neftchi” klubiga qarshi safarda o'tkazadi.
Qayd etish joiz, “Al Hilol” Saudiya Arabistoni chempionatida 30 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Jamoa Elit Osiyo Chempionlar Ligasi G'arb mintaqasida 9 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda.


