"Sheffild Yunayted" "Arsenal" himoyachisi bilan shartnoma imzoladi

Sherzod Nurmatov
3 avg 2023, 18:28
"Arsenal" himoyachisi Oston Trasti "Sheffild Yunayted" bilan 4 yillik bitim tuzdi.

Transfer summasi 5 million funtni tashkil qildi.

Trasti o'tgan mavsum ijara asosida "Birmingem Siti"da o'ynab, Chempionship va Angliya Kubogida 47 ta o'yinda qatnashdi va 4 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali 24 yoshli amerikalikni 10 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Cannon