Serxi Roberto sonidan jarohat oldi va "Barselona"ning "Alaves"ga qarshi o'yinini o'tkazib yuboradi

Alisher
30 okt 2021, 17:21
"Barselona" yarim himoyachisi Serxi Roberto "Alaves"ga qarshi Ispaniya chempionati 12-tur doirasidagi o'yinni o'tkazib yuboradi.

Bu haqda "ko'k-anorranglilar" matbuot xizmati xabar bermoqda.

29 yoshli ispaniyalik futbolchi mashg'ulotlarda sonidan jarohat oldi, tiklanish muddati haqida ma'lumot berilmagan.

Serxi Roberto 2021/22 yilgi mavsum "Barsa" libosida 12ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.

"Barselona" - "Alaves" o'yini bugun bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FCBarcelona