Saudiya Arabistoni termasi futbolchilari Argentina ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng "Rolls-Royce" avtomobillari bilan taqdirlangani yo'q

Sherzod Nurmatov
13 dek 2022, 13:55
Saudiya Arabistoni terma jamoasi futbolchilariga Argentina mag'lub etilgani uchun qimmatbaho mashinalar topshirilmadi.

Saudiya Arabistoni JCH-2022 guruh bosqichining 1-turida Argentinani 2:1 hisobida mag'lub etdi.

Shundan so'ng saudiyalik futbolchilarga "Rolls-Royce Phantom" avtomobili sovg'a qilinishi haqida ma'lumot paydo bo'ldi. Bu qaror Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon tomonidan qabul qilingani xabar qilingandi.

Bu ma'lumotni Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi prezidenti Yosir Al Mishal inkor qildi.

"Yo'q, yo'q, yo'q. Futbolchilarimiz yurt nomini himoya qilish uchun g'urur bilan o'ynashdi. Tarixiy o'yinda terma jamoa sharafini himoya qilish ular uchun sharaf va baxt edi. Bu mish-mishlar haqiqatga to'g'ri kelmaydi. Albatta, ularda bonus bor edi, lekin bu odatiy bonus edi. Bunday holatlar uchun bizda qoidalar mavjud.

Ular bonuslar uchun emas, mamlakat uchun o'ynashadi. Tarix yaratish uchun. Ularning ko'pchiligi Argentina ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng mashhur bo'lishdi", – dedi Al Mishal.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca