

Ronaldu Sky Sports nashriga bergan intervyusida Ten Xag Niderlandiyaning "Ayaks" klubida ajoyib ishlar qilgani, uning o'z tajribasini namoyish etishi uchun vaqt kerakligini aytdi. Shuningdek, barchasi yangi murabbiy xohlagandek bo'lishi lozimligini gapirdi.
Futbolchi Erik ten Xagga eng yaxshi tilaklarini bildirishini aytdi. Ronaldu 52 yoshli murabbiy bilan muvaffaqiyat qozonishni va sovrinlarni qo'lga kiritishni xohlashini ta'kidladi.
Eslatib o'tamiz, Krishtianu Ronaldu o'tgan mavsumda 38 ta o'yinda maydonga tushib, 24 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



