Ronaldu – jurnalistlarga: "Men sizlarga aytgan gaplarimni ertasiga boshqacha qilib yozasizlar"
Tolibjon Qosimov
22 noya 2017, 13:13
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu YCHL 5-turi doirasida APOELga qarshi o'yin (6:0)dan keyin matbuot bilan muloqot qilishdan bosh tortdi.
"Men sizlarga aytgan gaplarimni ertasiga boshqacha qilib yozasizlar. Bunday holatda qanday qilib sizlar bilan gaplashaman?" - dedi Ronaldu jurnalistlarga mikst-zonada.
APOELga qarshi bahsda Ronaldu ikkita gol urdi va bitta golga pas berdi.