Ronaldu: "Iguain qattiq jazolanmaydi deb umid qilaman"

Aslanov Jasurbek
12 noya 2018, 10:49
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu A Seriyaning 12-turida "Milan" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng, ushbu bahsda hakam bilan bahslashgani uchun chetlatilgan Gonsalo Iguainni qo'llab-quvvatladi.

Argentinalik bu uchrashuvda penaltidan gol ura olmadi.

"Iguainga o'zini bosib olishni aytdim, chunki u yanada jiddiyroq jazo olishi mumkin edi. U mag'lubiyatdan g'azablandi, bu tushunarli. Gonsaloning jazosi jiddiy bo'lmaydi deb umid qilaman.

Jamoaning o'yinidan mamnunman. "Milan"ga qarshi mehmonda o'ynash oson emas. 2:0 hisobidagi g'alaba - katta muvaffaqiyat emas. 3 ochko olishimiz kerak edi, chunki kecha "Napoli" "Jenoa"ni taslim etdi" - deydi Ronaldu.

A Seriya turnir jadvali va to'purarlari bilan tanishing.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia