Ronaldu eng ko'p titul qo'lga kiritgan futbolchilar top beshligiga kirdi

Eldor Akmurzayev
20 may 2021, 11:40
Kecha “Yuventus” Italiya Kubogi finalida “Atalanta” (2:1)ni mag'lub etib, musobaqa g'olibiga aylandi.

Turinliklar forvardi Krishtianu Ronaldu professional faoliyatidagi 34-titulga ega chiqdi va eng ko'p sovrin qo'lga kiritgan futbolchilar top beshligiga kirdi. U ushbu natija bo'yicha Xavi va Vitor Baiya bilan tenglashdi.

Futbol tarixida eng ko'p titul yutgan futbolchilar ro'yxati:

1. Dani Alves – 41 ta

2. Andres Inesta, Lionel Messi, Maksvell – 37 tadan

3. Rayan Giggz, Aleksandr Shovkovskiy – 36 tadan

4. Kenni Dalglish, Jerar Pike – 35 tadan

5. Krishtianu Ronaldu, Xavi, Vitor Baiya – 34 tadan

Ma'lumot o'rnida, Ronaldu 34 ta titulga “Sporting” (1 ta), MYU (10), “Real” (16), “Yuventus” (5) hamda Portugaliya TJdagi (2) faoliyati davomida ega chiqqan. 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia