Rivaldo: “Neymarning ketishi “Barsa”ga ijobiy ta’sir etishi mumkin”

Aslanov Jasurbek
12 avg 2017, 00:20
“Barselona”ning sobiq hujumchisi Rivaldoning aytishicha, Neymarning “PSJ”ga o'tishi “ko'k-anorranglilar” foydasiga xizmat qilishi mumkin.

“Neymar “PSJ”ga o'tdi. U jamoa uchun muhim futbolchi edi. Ammo, o'ylashimcha, kataloniyaliklar bu “kemtik” joyni munosib tarzda yopa olishadi. Uning ketishi futbolchilrning ruhiy kayfiyatini ko'tarishi ham mumkin. Futbolchilar kelib-ketishadi, ammo klub ularning barchasidan ustunroq ekanligini futbolchilari namoyish etib berishlari mumkin.

Qolaversa “Barselona” ushbu transfyerdan yaxshigina mablag' ishlab oldi va bemalol o'zlari istagan futbolchini sotib olish imkoniyatiga egalar”, deydi Rivaldo.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: soccer.ru