

“Neymar “PSJ”ga o'tdi. U jamoa uchun muhim futbolchi edi. Ammo, o'ylashimcha, kataloniyaliklar bu “kemtik” joyni munosib tarzda yopa olishadi. Uning ketishi futbolchilrning ruhiy kayfiyatini ko'tarishi ham mumkin. Futbolchilar kelib-ketishadi, ammo klub ularning barchasidan ustunroq ekanligini futbolchilari namoyish etib berishlari mumkin.
Qolaversa “Barselona” ushbu transfyerdan yaxshigina mablag' ishlab oldi va bemalol o'zlari istagan futbolchini sotib olish imkoniyatiga egalar”, deydi Rivaldo.



