Remsdeyl "Lids" muxlislari unga uloqtirgan tangalardan 17 funt to'plaganini aytdi

Narzulla Saydullayev
30 dek 2021, 23:01
Darvozabon o'ziga uloqtirilgan tangalarni bir joyga to'pladi.

"Arsenal" klubi darvozaboni Aaron Remsdeyl APL 18-turidan o'rin olgan "Lids" - "Arsenal" (1:4) uchrashuvi paytida muxlislar unga tangalar va har xil boshqa buyumlar uloqtirishganini gapirib berdi.

"Birinchi taymdan so'ng muxlislar turli xil buyumlar uloqtira boshlashdi. Keyin esa pullar uchib kelishni boshladi. Yerda 2 funtlik tanga yotganini ko'rdim. Men shunday tangalarni yig'aman. Shu sabab ham, uni o'zim bilan oldim. U  yerda yana 1 funtlik va 50 penslik tangalar ham bor edi. Ularni sochig'im ichiga soldim va tanaffusda kiyim almashtirish xonasiga olib ketdim. 

Ikkinchi taymda esa tangalar uchib kelishda davom etaverdi. Men maydondan umumiy hisobda 17 funt yig'ib oldim. U yerda bir qancha tangalar qolib ketdi. Ularni hammasini terib olishni iloji bo'lmadi", -dedi Aaron Remsdeyl.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Daily Mail