“Real” sobiq darvozaboni faoliyatini yakunladi

Оқил Абдубарноев
28 dek 2023, 21:50
Ispaniyaning “Real” klubi sobiq darvozaboni Diego Lopes faoliyatini yakunladi.

Manbaning xabar berishicha, tajribali darvozabon 42 yoshida futbol bilan xayrlashishga qaror qilgan.

Yozda “Rayo Valekano”ni tark etgan futbolchi klubsiz qolgandi.

Eslatib o'tamiz, Diego Lopes Ispaniyaning “Vilyarreal”, “Sevilya”, “Espanol”, Italiyaning “Milan” klublari libosini kiygan. 2009 yilda u Ispaniya terma jamoasi tarkibida Konfederatsiyalar kubogining bronza medalini qo'lga kiritgan. Shuningdek, u 2013/2014 yilgi mavsum "Real" bilan Chempionlar ligasida g'olib chiqqan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Mundo Deportivo