"Real" Pochettino bilan shartnoma tuzishi uchun deyarli 50 mln. evro to'lashi kerak bo'ladi

Aslanov Jasurbek
1 iyun 2018, 12:17
"Real" "Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettinoni klubga olib kelishi uchun katta mablag' sarflashiga to'g'ri keladi.

Kecha, 31 may kuni "qaymoqranglilar" ustozi Zinedin Zidan o'z vazifasini tark etgani haqida ma'lum qildi.

Ma'lumotlarga ko'ra, argentinalik mutaxassisning "shporlar" bilan imzolagan yangi shartnomasida tovon puli belgilangan. Bitim bo'yicha, Pochettino yiliga 9,6 mln. evro ishlab topadi. "Tottenxem" o'z murabbiyi bilan xayrlashmoqchi emas va agar "qaymoqranglilar" uning shartnomasini sotib olmoqchi bo'lsa, "Real"dan 48 mln. evro talab qilmoqchi.

Oldinroq, Pochettino "Real" bosh murabbiyi bo'lish uchun asosiy nomzodlardan biri ekanligi xabar qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Times