"Real" Eriksen uchun qancha puldan voz kechishga tayyorligi ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
21 avg 2019, 19:20
"Real" rahbariyati "Tottenxem" futbolchisi Kristian Eriksenning xizmatlariga bo'lgan qiziqishlarni yo'qotmagan.

"Record" xabariga ko'ra, "qirollik klubi" daniyalik superyulduz uchun 60 million evrodan voz kechishga tayyor turibdi.

Ushbu transferning amalga oshishi ehtimoli yuqori. Chunki "shporlar" rahbariyati bir yildan keyin shartnomasi yakuniga etadigan futbolchisini sotib, bir qancha mablag' ishlab olmoqchi.

O'tgan mavsumda Eriksen "Tottenxem" tarkibida 51 o'yinda qatnashib, 10 gol urdi va 17 golga assistentlik qildi. Uning bozordagi narxi 100 million evroga teng

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Record