"Real" direktori: "Qirollik klubi" "Yuventus"ni mag'lub etishi qiyin bo'ladi"

Aslanov Jasurbek
17 mar 2018, 13:48
"Real"ning jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi direktori Emilio Butrageno Chempionlar ligasi 1/4 final bosqichiga tashlangan qur'a haqida fikr bildirdi.

"Qirollik klubi" chorak finalda "Yuventus" bilan o'ynaydi.

"Yuventus" "Tottenxem"ga qarshi 1/8 final uchrashuvlarida o'zini yaxshi ko'rsatdi. Ingliz jamoasi qaysidir vaziyatlarda yaxshiroq bo'ldi, ammo "Yuventus" iroda ko'rsatdi va keyingi bosqichga chiqdi. Turinliklar bunday o'yinlarda qanday o'ynash kerakligini bilishadi.

"Real" ham 1/8 finalda PSJ bilan yaxshi futbol namoyish etdi. "Yuventus" bilan uchrashuvda teng kurash bo'ladi va muxlislarga yoqadi. Birinchi o'yin Turinda o'tkaziladi va u yerda ijobiy natijaga erishish kerak. Javob o'yinida muxlislar qo'llab-quvvatlashi bilan yarim finalga chiqishga harakat qilamiz. Juda qiyin bo'lishini yaxshi bilamiz" - deydi Butrageno.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal