"Real", "Barsa" va "Man Siti" Komanga qiziqmoqda. U Sane sabab "Bavariya"dan ketishi mumkin

Alisher
12 may 2020, 14:27
"Bavariya" yarim himoyachisi Kingsli Koman klubdan ketishi mumkin.

Xabarlarga ko'ra, futbolchiga "Real", "Barselona" va "Manchester Siti" klublari qiziqish bildirmoqda.

23 yoshli fransiyalik futbolchi "Man Siti" xavbeki Leroy Sanening ehtimoliy transferi sabab klubini o'zgartirish haqida o'ylab qoldi.

Komanning "Bavariya" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Fransiyalik joriy mavsum "Bavariya" safida 15ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Fussball News