Rasman: "Yuventus" futbolchisi klub bilan shartnomasini uzaytirdi

22 iyun 2019, 19:44
"Yuventus" jamoasi yarim himoyachi Rodrigo Bentankur bilan hamkorlikni uzaytirishga erishdi.

25 iyunda 22 yoshni qarshilaydigan urugvaylik futbolchi Turin klubi bilan 2024 yilga qadar birga bo'lishga rozi bo'ldi. 

Ortda qolgan mavsumda Bentankur A Seriyaning 31 o'yinida 2 ta gol urdi va 3 ta assist muallifiga aylandi. 


O'xshash yangiliklar


Manba: juventus.com