Rasman: Prestianni diskriminacion xatti-harakat sabab "Real"ga qarshi navbatdagi o'yinda ishtirok etmaydi

Sherzod Nurmatov
23 fev 2026, 19:34
"Benfika" vingeri Janluka Prestianni Chempionlar Ligasining 1/8 finalga chiqish uchun o'tkazilgan ilk pley-off uchrashuvida Vinisius Junior bilan bog'liq mojarodan keyin jazoga tortildi.

O'yin Portugaliya jamoasining 0:1 hisobidagi mag'lubiyati bilan yakunlangan.

Hodisa 50-daqiqada sodir bo'lgan: Vinisius bosh hakam Fransua Leteksega murojaat qilib, Prestianni go'yo uni "maymun" deb ataganini aytgan. Suhbat paytida futbolchi og'zini futbolkasi bilan yopib olgani sabab, aytilgan gapni aniq tushunish qiyin edi. 

UEFA ushbu epizod bo'yicha o'rganish olib bordi va qarorni ma'lum qildi. Endilikda Prestianni "Real" bilan javob bahsida maydonga tushmaydi. 

"Real" va "Benfika" o'rtasidagi javob uchrashuvi 25 fevral kuni Madridda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: uefa.com