Rasman: “Arsenal” hujumchisi jamoani tark etdi

Eldor Akmurzayev
4 iyun 2022, 08:30
Bu haqda “to'pchilar” ustozi Mikel Arteta xabar qildi.

Aleksandr Lyakazett shartnomasi tugagani tufayli klubdan ketdi.

“Lyakazett biz uchun fantastik o'yinchi edi. U maydonda va uning tashqarisida ham haqiqiy yetakchi edi va yosh futbolchilarga ulkan ta’sir o'tkaza oldi. Unga va uning oilasiga muvaffaqiyat hamda omad tilab qolamiz”, deydi Arteta.

31 yoshli francuz 2017 yil “Lion”dan “Arsenal”ga o'tgan. U londonliklar libosida 206 bahsda qatnashib, 71+36 natijaga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: arsenal.com