Qatarga qarshi 13-uchrashuvdan oldin

Narzulla Saydullayev
27 mar 2017, 14:21
28 mart kuni JCH-2018 saralashi doirasidagi O'zbekiston - Qatar uchrashuvi bo'lib o'tadi.

O'zbekiston terma jamoasi shu kunga qadar Qatarga qarshi 12ta rasmiy o'yin o'tkazgan. Ularning 7tasida O'zbekiston, 3tasida Qatar g'alaba qozongan. 2ta uchrashuvda durang natijasi kuzatilgan. Vakillarimiz 21ta gol urishgan va 13ta to'p o'tkazib yuborishgan.



Bu jamoalar 2002, 2010 va 2014 yilgi Jahon chempionatlari saralashida to'qnash kelishgan. Mundial yo'lida Qatar bilan to'rtinchi bor kurash olib borayapmiz.

Toshkentda Qatar bilan to'rt marta to'qnash kelganmiz. Ularning barchasida O'zbekiston g'olib bo'lgan. Ertaga ham ushbu anana davom etishini tilab qolamiz.


 

SanaO'yinUchrashuv maqomiShahar
14.10.2000        O'zbekiston - Qatar 1:1         Osiyo Kubogi-2000Sayda
26.08.2001O'zbekiston - Qatar 2:1JCH-2002 saralashi Toshkent 
28.09.2001Qatar - O'zbekiston 2:2JCH-2002 saralashi Doxa
01.03.2006Qatar- O'zbekiston 2:1  Osiyo Kubogi 2007 saralashi  Doxa
15.11.2006O'zbekiston - Qatar 2:0 Osiyo Kubogi 2007 saralashiToshkent
06.09.2008Qatar- O'zbekiston 3:0 JCH-2010 saralashi Doxa
28.03.2009O'zbekiston - Qatar 4:0 JCH-2010 saralashi Toshkent
07.01.2011Qatar- O'zbekiston 0:2 Osiyo Kubogi-2011Doxa
16.10.2012Qatar- O'zbekiston 0:1 JCH-2014 saralashi Doxa
18.06.2013O'zbekiston - Qatar 5:1 JCH-2014 saralashi Toshkent
06.10.2014Qatar- O'zbekiston 3:0 O'rtoqlik uchrashuviDoxa
06.09.2016Qatar- O'zbekiston 0:1 JCH-2018 saralashiDoxa
 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia