Potter "Chelsi"da shartnoma bo'yicha 60 million funt oladi va sport direktorini qidirishda ishtirok etadi

Sherzod Nurmatov
9 sen 2022, 14:28
"Chelsi" yangi bosh murabbiyi Grem Potter qancha maosh olishi ma'lum bo'ldi.

"The Telegraph" xabariga ko'ra, besh yillik shartnoma angliyalik mutaxassisga 60 million funt sterling to'lashni nazarda tutadi. Shuningdek, londonliklar murabbiy "aristokratlar" safiga o'tishi uchun tovon puli sifatida "Brayton"ga 15 million funt to'lashdi.

Bundan tashqari, rahbariyat Potterni "jahon darajasidagi" sport direktorini izlash ishlariga jalb qiladi. "Chelsi" 2022 yilgi Jahon chempionati boshlanishidan oldin o'ziga mos menejer topib, unga yanvardagi transfer oynasiga tayyorgarlik ko'rish uchun vaqt bermoqchi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Telegraph