

"Birinchi darajali yulduzlar bilan birga to'p tepish doimo yoqimli. "Yuventus"da ham birinchi darajali futbolchilar bilan o'ynashga muvaffaq bo'lganman. Ibragimovichdek o'yinchilar erishilgan muvaffaqiyat bilan cheklanishmaydi. Yuqori marralarni zabt etish uchun unga o'xshash yigitlar kerak. Zlatan hazillashishni yoqtiradi. U bilan har safar ko'rishganimizda, Ibragimovich oyoq kiyimim yoki soch turmagim haqida gapiradi. Men esa uning nomidan javob beraman: "Men Zlatanman!" U kulishga majbur qiladi. Ajoyib yigit" - deydi Pogba.



