Pirlo: "Real" bilan bahsda birinchi o'yin katta ahamiyatga ega"

Aslanov Jasurbek
4 may 2015, 12:10
"Yuventus" yarim himoyachisi Andrea Pirlo "Real"ga qarshi Chempionlar ligasi yarim final birinchi uchrashuvidan oldin, bahs haqida o'z fikrlarini bildirdi.

"Oldinda 180 daqiqalik kurash bor. Birinchi o'yin katta ahamiyatga ega va biz aqlli o'yin ko'rsatishimiz lozim. Biz erishishni istagan orzuimiz bor. "Yuventus" hech narsa yo'qotmaydi, ammo bu hayol bilan mag'lubiyatga uchrashni istamaymiz" - deydi Pirlo.

Bu jamoalar o'rtasidagi uchrashuvlar 5 va 13 may kunlari bo'lib o'tadi. Birinchi bahs "keksa sinora" maydonida bo'ladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com