"Paxtakor" va MTJ massajchisi, Anvar Biserov vafot etdi

Nadirkhuja Yuldashev
7 apr 2016, 18:49
"Paxtakor" va MTJ massajchisi Anvar Biserovni 3 fevral kuni uyidan chiqib kyetib bedarak yo'qolgani haqida xabar bergan edik.

Bugun bizga ma'lum qilishlaricha, Anvar Biserovni jonsiz holatda topishgan.

1969 yilda tavallud topgan mutaxassis faoliyatini "Navbahor" jamoasida boshlagan va 1996 yilgi chempionlik mavsumida chempionlik unvonini qo'lga kiritgan edi.

Shuningdek, ko'p yillar davomida MTJda faoliyat olib bordi.

Anvar Biserov juda yaxshi inson edi. Doimo kulib yurar, o'zidan kichiklarni "pahlavon" deb atardi.

Uning oila a'zolariga saytimiz nomidan taziya bildiramiz!


O'xshash yangiliklar

Nadirkhuja YuldashevMuallif