"Paxtakor" Suyunov, A'zamov va Sayfiev bilan shartnomani 2022 yil oxirigacha uzaytirdi

Narzulla Saydullayev
15 avg 2019, 16:53
"Paxtakor" futbol klubi asosiy tarkibning uch nafar futbolchisi bilan amaldagi shartnomalar uzaytirilganini ma'lum qiladi.

Darvozabon Eldor Suyunov, himoyachilar Sherzod A'zamov va Farruh Sayfiev bilan amaldagi shartnomalar 2022 yil oxirigacha uzaytirildi. Suyunov hamda A'zamov 2017 yilning yozidan beri jamoamiz sharafini himoya qilib kelishmoqda. Sayfiev esa 2018 yil boshida "Paxtakor"ga ko'chib o'tgandi. Endilikda ushbu futbolchilar yana uch yildan ortiqroq muddatga kelajaklarini klubimiz bilan bog'lashdi.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz